Jizzax viloyatida investitsiya sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar
2024-12-24 09:00:00 / Yangiliklar
2024-yilda o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar asosan Xitoy (318,4 mln $), Shvetsariya (61,6 mln $), Janubiy Koreya (92,8 mln $), Chexiya (70,0 mln $), Turkiya (53,0 mln $), Angiliya (34,1 mln $), Belorussiya (27,0 mln $), Italiya (28,0 mln $) va boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Xitoylik investorlar tomonidan "Mingyuan silu industry" MCHJ QKda qiymati 50,0 mln dollarlik quvvati 8,0 mln metr kv keng asortimentli oyna mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi.
“Sharof Rashidov nomidagi to'qimachilik kombinati" MCHJ tomonidan qiymati 81,0 mln dollarlik ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilib, 500 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi
Forish tumanida “Jizzax sement” MCHJ tomonidan qiymati 150,0 mln dollarlik quvvati 2,0 mln tonna ko‘mir yoqilg‘isi asosida yuqori sifatli sement ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ishga tushirildi.
2025-yildagi asosiy rejada bo‘lgan “Zomin texnoparki” maxsus sanoat zonasida xitoylik investorlar tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.