Arnasoyda qurilishi ketayotgan obyektlar jamoatchilik nazoratida
2024-11-27 09:00:00 / Yangiliklar
Bugun Arnasoy tumanida olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlar tufayli aholi bandligi ham ularning yashash tarzi oʻzgarmoqda. Boisi, tumanda aholining madaniy hordiq chiqarishlari uchun jamoat parklari, koʻp qavatli uy-joylarning barpo etilishi eng asosiysi Oltin vodiy mahallasida “Sichuan Xinghuo Huihuang Trading” Co., Ltd kompaniyasi qop va polietilen qoplar ishlab chiqarish zavodining qurilish ishlarining amalga oshirilishi muhim omil boʻlmoqda.
Hozirda qop va polietilen qoplar ishlab chiqarish zavodida malakali ustalar tomonidan qurilish ishlari qizgʻin davom etib, joriy yilning dekabr oyiga ushbu zavod ishga tushirilishi koʻzda tutilgan.
Jumladan, Arnasoy tumani hokimi, 1-sektor rahbari Odil Musanov va tuman IIB boshligʻi podpolkovnik, 3-sektor rahbari Jasur Karimov birgalikda qurilishi ketayotgan obyektni muntazam ravishda nazorat qilib bormoqda.