Jizzaxdagi BMB AGRO PLUS korxonasida quritish va qayta ishlash jarayonlari qizgʻin pallaga kirmoqda
2024-11-20 09:05:00 / Yangiliklar
BMB HOLDING tizimidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish va qayta ishlashga ixtisoslashgan BMB AGRO PLUS korxonasida mazkur jarayonlar ilmiy yondashuv va zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilmoqda.
Xususan, olma, sabzi, piyoz, bulgʻor qalampiri, oshqovoq va boshqa meva-sabzavotlarni qayta ishlagan holda, ekologik toza, yuqori sifatli, eksportbop hamda qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar tayyorlanmoqda.
Barcha jarayonlar xalqaro gigiyena va ekologik xavfsizlik standartlariga mos tarzda amalga oshiriladi, bu esa tayyor mahsulotlarning sifatini yuqori darajada saqlash imkonini beradi.
Mazkur korxonada tayyorlangan mahsulotlar nafaqat ichki bozorga balki, toʻgʻridan toʻgʻri eksportga yoʻnaltirish ham koʻzda tutilgan.