Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va uni betalofat oʻtkazish yuzasidan targʻibot tadbirlari davom etmoqda
2024-11-01 08:05:00 / Yangiliklar
Gʻallaorol tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
“Chorshanba - favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni” tadbirlari davomida tumandagi aholi xonadonlarida fuqarolar oʻrtasida yongʻinlar, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanish bilan bogʻliq noxush holatlarning oldini olish yuzasidan profilaktik suhbatlar olib borildi.
Shuningdek, fuqarolarga favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda toʻgʻri harakatlanish, isitish pechlari va dudburonlarni toʻgʻri oʻrnatish, ularning doimiy sozligiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan tushunchalar berildi.