USTRUSHONALIK MASHHUR MUHADDIS VA FAQIHLAR
2024-10-25 09:30:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2021-yil 21-oktyabrda Jizzax viloyati faollari bilan oʻtkazilgan uchrashuvdagi maʼruzalarida “Maʼlumki, dunyoda bola huquqlari boʻyicha dastlabki qonuniy meʼyorlar 1804-yilda Fransiya Fuqarolik kodeksiga bitilgan deb hisoblanadi.
Lekin Jizzax vohasida kamol topgan huquqshunos alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushoniy XIII asrda «Bola huquqlari majmuasi” nomli noyob asar yaratgan», deb alohida taʼkidlab oʻtdilar.
Jizzaxlik muhaddislar: Rayhon ibn Muhammad al-Ustrushaniy, Ali ibn Abi Ibrohim al-Ustrushaniy, Bakr ibn Yamon al-Ustrushaniy, Ali ibn Abdulaziz ad-Dizakiy, Umar ibn Ahmad ad-Dizakiy.
Jizzaxlik faqihlar: Ahmad ibn Husayn al-Ustrushaniy, Abu Jaʼfar al-Ustrushaniy, Muhammad ibn Hasan ibn Muhsin al-Ustrushaniy, Husayn ibn Ahmad al-Ustrushaniy, Ahmad ibn Husayn ibn Ahmad al-Ustrushaniy.