O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilgan targ‘ibot ishlari haqida
2025-04-18 09:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilgan targ‘ibot ishlari haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Jarqo‘rg‘on tumanida tungi xizmatga jalb qilingan tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda tuman markazida joylashgan jamoat joylari hisoblangan kafe, bar, restoran va savdo do‘konlari egalari bilan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Mazkur tadbir davomida tuman prokurori o‘rinbosari T.Sh.Allanazarov tomonidan jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ogohlikni oshirish maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, fuqarolarning jinoyat qurboniga aylanishining oldini olishga qaratilgan viktimologik profilaktika yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolar bilan viktimologik profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.









