FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
2026-07-13 11:10:00 / Yangiliklar

⏺ FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jarqo‘rg‘on tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Bugun tasdiqlangan haftalik grafik asosida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R. Xamrayev tuman Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi. Qabul davomida aholi tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik, tadbirkorlik hamda ijtimoiy masalalarga oid murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar qabuli davomida aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda amaliy yordam ko‘rsatish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.


