Erta tongdan obodlik yo‘lida fidokorona mehnat
2026-06-19 09:05:00 / Yangiliklar

Erta tongdan obodlik yo‘lida fidokorona mehnat
Jarqo‘rg‘on tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari erta tongdan hududlarni ozoda va ko‘rkam saqlash maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda.
Xodimlar tomonidan ko‘cha va yo‘laklar, jamoat maskanlari hamda yo‘l yoqalari tartibga keltirilib, tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, yashil hududlarni parvarishlash, daraxt va butalarga ishlov berish, hududlarning sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining kundalik mehnati tufayli Jarqo‘rg‘on tumani yanada chiroy ochib, aholi uchun ozoda va shinam muhit yaratilmoqda.
Ularning fidokorona sa’y-harakatlari tumanning obod qiyofasini saqlash va yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
