Xalq bilan ochiq muloqot — muammolar yechim topmoqda
2026-04-17 15:35:00 / Yangiliklar

Xalq bilan ochiq muloqot — muammolar yechim topmoqda
Jarqo‘rg‘on tumani hokimi Ilhom Saparov tomonidan aholi murojaatlarini tinglash, ularning dardu tashvishlariga yechim topish maqsadida tashkil etilgan shaxsiy qabul jarayoni izchil davom etmoqda.
Mazkur qabul aholining davlat idoralari bilan bevosita muloqotini ta’minlash, muammolarni ortiqcha sansalorliksiz hal etishga xizmat qilmoqda.
Ahamiyatlisi, ushbu qabulda tuman prokurori K.To‘raqulov, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M. Qo‘ng‘ratov hamda adliya bo‘limi rahbar R. Sultonovlar ham bevosita ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini joyida tinglamoqda.
Bu esa har bir masalani har tomonlama o‘rganish, tegishli tashkilotlar hamkorligida tezkor va qonuniy yechim topishga keng imkon yaratmoqda.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan bandlik, ijtimoiy yordam, uy-joy ta’minoti, kommunal xizmatlar, kredit va moddiy ko‘mak, shuningdek huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilib, mas’ul mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Shuningdek, sektor rahbarlari va tashkilot mutasaddilariga murojaatlarni paysalga solmasdan, belgilangan muddatlarda sifatli hal etish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berdi.
Shu bilan birga, aholining davlat idoralariga murojaat qilishiga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan ham alohida ko‘rsatmalar berildi.
Ta’kidlanganidek, mahalla darajasida muammolar o‘z vaqtida hal etilsa, fuqarolarning yuqori tashkilotlarga murojaat qilishiga ehtiyoj qolmaydi.
Bunday ochiq va samimiy muloqotlar aholining ishonchini mustahkamlash, xalq bilan davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
