Sud tizimini raqamlashtirish
2026-03-27 14:40:00 / Yangiliklar
2026 yilda sud tizimida raqamlashtirish jarayonlari yanada jadallashdi. Fuqarolar uchun sudga murojaat qilish, ariza yuborish va ish jarayonlarini kuzatish imkoniyatlari elektron shaklga o‘tkazildi. Bu esa ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytirib, vaqtni tejashga xizmat qilmoqda.

Sud tizimini raqamlashtirish
2026 yilda sud tizimida raqamlashtirish jarayonlari yanada jadallashdi. Fuqarolar uchun sudga murojaat qilish, ariza yuborish va ish jarayonlarini kuzatish imkoniyatlari elektron shaklga o‘tkazildi. Bu esa ortiqcha qog‘ozbozlikni kamaytirib, vaqtni tejashga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, elektron sud tizimi orqali ishlarni ko‘rib chiqish jarayonida inson omili ta’siri kamayib, adolatli qaror qabul qilish imkoniyati ortmoqda. Raqamli texnologiyalarning joriy etilishi korrupsiya holatlarining oldini olishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligi
Sudlar faoliyatida ochiqlikni ta’minlash 2026 yildagi asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Sud majlislari haqidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish amaliyoti kengaytirildi.
Fuqarolar sud qarorlari bilan erkin tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa jamiyatda sud tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, sudlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati kuchaytirildi.
Qonunchilikni takomillashtirish jarayonlari
2026 yilda sud-huquq sohasida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirildi. Sud organlarining mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan yangi huquqiy normalar ishlab chiqildi.
Sud qarorlarining ijrosini ta’minlash mexanizmi ham takomillashtirildi. Bu orqali qabul qilingan qarorlarning amalda bajarilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, sudyalarni tanlash va tayinlash jarayonlari yanada shaffoflashtirildi.
Inson huquqlarini himoya qilish
Sud tizimida inson huquqlarini ta’minlash masalasi 2026 yilda ham ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda sudlarning roli kuchaytirildi.
Tergov sudyalari instituti faoliyati takomillashtirilib, fuqarolarni noqonuniy ushlab turish holatlarining oldini olish choralari kuchaytirildi. Shu bilan birga, har bir shaxsning adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquqi ta’minlanmoqda.
Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish
2026 yilda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratildi. Maishiy zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha sud amaliyoti kuchaytirildi.
Shuningdek, bolalar huquqlarini himoya qilishga oid ishlar bo‘yicha sudlar faoliyati takomillashtirildi. Erta nikoh va boshqa salbiy holatlarning oldini olish maqsadida huquqiy choralar kuchaytirildi.
Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining sudya yordamchisi A.Toshxo‘jayev
