Devonxona faoliyatini raqamlashtirish – shaffoflik va tezkorlik kafolati
2026-02-16 10:50:00 / Korrupsiyaga qarshi kurashish

Devonxona faoliyatini raqamlashtirish – shaffoflik va tezkorlik kafolati
Sudlarda ish yuritish jarayonini zamonaviy talablarga mos ravishda tashkil etish korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki fuqarolarning sudga murojaat qilishidan boshlab ish yakuniga qadar bo‘lgan barcha jarayonlar devonxona faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir.
Elektron hujjat aylanishi, murojaatlarni onlayn ro‘yxatga olish, ishlarni avtomatik ravishda sudyalar o‘rtasida taqsimlash tizimi joriy etilgani ortiqcha sansalorlik, inson omili va turli noqonuniy aralashuvlarning oldini olishga xizmat qilmoqda. Bu esa fuqarolarga qulaylik yaratib, sud tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirmoqda.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, sud hujjatlarini belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish va yetkazish, ijro intizomini mustahkamlash devonxona faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Xodimlarning mas’uliyatini oshirish, xizmat faoliyatida halollik va xolislik tamoyillariga qat’iy amal qilish korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim omil hisoblanadi.
Sudlarda “yagona darcha” tamoyilining joriy etilishi fuqarolar bilan bevosita muloqotni soddalashtirib, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etdi. Bu esa ochiqlik va shaffoflikni ta’minlaydi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman sudi devonxona mudiri A.Davronov
