Jarqo‘rg‘on mahalla ko‘chalarida tozalikka e’tibor barchamiz uchun majburiyatdir
2025-12-09 14:25:00 / Yangiliklar

⚠️ Ogohlantiramiz!
Jarqo‘rg‘on mahalla ko‘chalarida tozalikka e’tibor barchamiz uchun majburiyatdir
Mahalla ko‘chalarining holati — bu nafaqat obodonlik, balki har bir xonadon egasining madaniyati va mas’uliyatining ko‘zgusidir. Afsuski, ayrim fuqarolar keng hovlisiga sig‘magan eski jihoz yoki qurilish ortig‘i bo‘lgan materiallarni ko‘chaga tashlab qo‘yishni odat qilgan.
👉 Eslatib o‘tamiz: ko‘cha — umumiy foydalanish hududi. Uni keraksiz buyumlar bilan to‘sib qo‘yish yoki ifloslantirish qonunga xilof hisoblanadi va buning uchun JARIMA qo‘llanadi.
✅ Bugun tumanning Hayitobod mahallasida 30 dan ortiq xonadon egalari mahalla inspektori tomonidan ogohlantirildi, ayrimlari esa jarimaga tortildi.
Sizchi?
🔴 Darhol ko‘changizga bir nazar tashlang. Agar ko‘chada sizga tegishli keraksiz buyum, chiqindi yoki qurilish qoldig‘i bo‘lsa — uni hozirning o‘zida olib tashlang. Bugun qilinmagan kichik ehtiyotsizlik ertaga sizga katta jarima keltirishi mumkin.








