🟢Jarqo‘rg‘on tumani Hayitobod mahallasida ariqlarni betonlash ishlari: 3 km masofadagi ariqda suv tejamkorligi
2025-12-09 11:15:00 / Yangiliklar

🟢Jarqo‘rg‘on tumani Hayitobod mahallasida ariqlarni betonlash ishlari: 3 km masofadagi ariqda suv tejamkorligi
⬇️Jarqo‘rg‘on tumani Hayitobod mahallasida 3 kilometr masofadagi asosiy sug‘orish ariqlarini betonlash ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Ushbu loyiha mahalla infratuzilmasini yaxshilash, suvni tejovchi zamonaviy sug‘orish tizimini yaratish va suv resurslaridan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
🔴Ariqlarni betonlash natijasida:
• Suvning yerga singib ketishi keskin kamayadi, bu esa suvni tejamkor va samarali ishlatishga imkon beradi.
• Har bir tomchi o‘z manziliga yetib boradi, natijada bog‘-rog‘lar, tomorqa yerlari va ekin maydonlarining sug‘orish sifati yaxshilanadi.
• Suv yo‘qotishlari minimallashtiriladi, dehqonlar uchun suv taqchilligi muammosi sezilarli darajada yengillashadi.
🟢Jonli_efir📹https://www.instagram.com/reel/DSChkRxiMjq/?igsh=MXJyNm5iY2FqZ2Z6cw==
⭕️Alohida ta’kidlash joizki, ushbu bunyodkorlik jarayonida nafaqat pudratchi tashkilotlar, balki mahalla fuqarolari ham yelkama-yelka hasharlarda faol ishtirok etmoqda. Aholining birligi va hamjihatligi natijasida ishlar yanada tez va sifatli amalga oshirilmoqda. Hashar davomida ariq bo‘ylarini tozalash, chiqindilarni yig‘ish, qurilish jarayonlariga ko‘mak ko‘rsatish kabi ishlarda ko‘plab yoshlar va oqsoqollar tashabbuskorlik bilan qatnashmoqda.
📍Mahalla yetakchilari fikriga ko‘ra, ushbu loyiha Hayitobodning kelajakdagi rivoji uchun muhim poydevor bo‘lib, ekologik barqarorlik va suv ta’minotini mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi. Ishlar yakunlangach, hudud aholisi yanada qulay, samarali va tejamkor suv taqsimoti tizimiga ega bo‘ladi.









