Jarqo‘rg‘on tumani hokimligining rasmiy munosabati
2025-11-29 19:45:00 / Rasmiy munosabatlar

#Rasmiy_munosabat
Jarqo‘rg‘on tumani hokimligining rasmiy munosabati
Ijtimoiy tarmoqlarda Jarqo‘rg‘on tumanida aholiga ko‘mir tarqatilish jarayonida tartibsizlik kuzatilayotgani haqidagi xabarlar e’lon qilindi.
Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi mazkur xabarlarga oid quyidagilarni ma’lum qiladi:
2025–2026 yil kuz-qish mavsumi uchun tuman aholisi uchun 2622 tonna mahalliy ko‘mir ajratilgan bo‘lib, shundan 1736 tonnasi manzilli ravishda aholiga yetkazilgan. Qolgan qismi tasdiqlangan grafik asosida tarqatilmoqda.
Ko‘mir olish jarayonida fuqarolar navbatma-navbat, hech qanday qiyinchiliksiz ko‘mir olishmoqda. Jarayon mahalla fuqarolari yig‘ini va ichki ishlar xodimlari nazorati ostida adolatli tashkil etilgan.
Tarqatish ishlari doimiy nazoratda bo‘lib, aholining murojaatlari asosida davom ettirilmoqda.
Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
