Jarqo‘rg‘on tuman hokimligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘i
2025-11-28 10:30:00 / Yangiliklar

Jarqo‘rg‘on tuman hokimligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
Bugun Jarqo‘rg‘on tuman hokimligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlab, tumandagi kasb-hunar maktabi hamda umumta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlarga tuman hokimligida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholi murojaatlari bilan ishlashda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari Anvar Rajapov yoshlarni hokimlik tizimi, boshqarma va bo‘limlar faoliyati, ularning vazifalari hamda fuqarolar bilan ishlash tartibi bilan yaqindan tanishtirdi.
📌 Jarqo‘rg‘onda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlardan ayrim misollar:
• Davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar
• Ochiq budjet loyihalari orqali aholi ishtirokini ta’minlash
• Tuman hokimligida ochiq eshiklar va muloqot kunlarini yo‘lga qo‘yish
• Aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishda monitoring va nazorat tizimini takomillashtirish
• Yoshlar o‘rtasida huquqiy savodxonlik va mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari
Tadbir yakunida majlislar zalida yoshlar:
🟩 “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish”
🟩 Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish
bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Ular tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli topshiriqlar berildi.
🎯 Tadbir yoshlar ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga, ularning huquqiy savodxonligi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.









