Jarqo‘rg‘on tuman prokuror o‘rinbosari tomonidan “Paxtaobod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
2025-11-27 15:50:00 / Yangiliklar

Jarqo‘rg‘on tuman prokuror o‘rinbosari tomonidan “Paxtaobod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
Jarqo‘rg‘on tuman prokuror o‘rinbosari T. Allanazarov tomonidan mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida aholining turmush darajasi, duch kelayotgan muammolarini o‘rganish, ularning oldida turgan va o‘z yechimini kutayotgan masalalarni aniqlash hamda qonuniy tartibda tezkor hal etish maqsadida “Paxtaobod” mahallasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Mazkur sayyor qabul jarayonida jami 15 nafar jismoniy va yuridik shaxslar vakillari o‘z murojaatlari bilan qatnashdi. Murojaatlar asosan quyidagi yo‘nalishlarga tegishli bo‘ldi:
• sog‘liqni saqlash xizmatlarini yaxshilash;
• uy-joy sharoitlarini yaxshilash va moddiy yordam ajratish;
• mahalladagi yo‘l infratuzilmasini rekonstruksiya qilish;
• aholiga kredit va subsidiya ajratilishiga ko‘maklashish;
• qurilish va yer munosabatlariga oid holatlar;
• ichimlik suvi va elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish.
Qabul davomida bildirgan murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa tegishli tartibda o‘rganish va mutaxassislar xulosalarini talab qilishi bois ish yurituviga olindi hamda qat’iy nazoratga qo‘yildi.
Ushbu sayyor qabul “Paxtaobod” mahallasi aholisi uchun ochiq muloqot, samarali hamkorlik va muammolarini qonuniy yechimga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.







