“Yil ayoli” milliy tanlovi start oldi!
2026-11-05 22:05:00 / Yangiliklar

“Yil ayoli” milliy tanlovi start oldi!
Yurtimizda faol, taşabbuskor, jamiyat va oila taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan xotin-qizlar orasida ötkaziladigan “Yil ayoli” milliy tanloviga nomzodlarni tavsiya qiliş jarayoni boşlandi!
Tanlov quyidagi 11 ta nominatsiya böyiça ötkaziladi:
1. “Yilning eng vatanparvar ayoli”
Vatan tinçligi va jamoat xavfsizligini ta’minlaş yölida faol xizmat qilayotgan ayollar.
2. “Yilning eng faol olima ayoli”
Ilmiy tadqiqoti, yutuqlari va yoş olimlarni tarbiyalaşda namuna bölayotgan ayollar.
3. “Yilning eng ilğor tadbirkor ayoli”
Iqtisodiy rivojga hissa qöşayotgan, iş örinlari yaratayotgan, tadbirkor va hunarmand ayollar.
4. “Yilning eng yaxşi ijodkor ayoli”
Adabiyot, san’at va madaniyat sohasida ijod qilib, yurtimiz şuhratini dunyoga tarğib etayotgan ayollar.
5. “Öz kasbining ustasi bölgan yil ayoli”
Kasbining mohir mutaxassisi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan fidoyi ayollar.
6. “Yilning eng kuçli ma’naviy-ma’rifiy tarğibotçisi”
Ma’naviyat va ma’rifatni taraqqiy ettiriş, oila mustahkamligini ta’minlaşda faol ayollar.
7. “Yilning eng yaxşi uy bekasi”
Oilada ma’naviy muhit va tarbiyada namuna körsatgan, ibratli uy bekalari.
8. “Yilning eng jonkuyar ustozi”
Yoş avlod tarbiyasida fidoyi, şogirdlarni yutuqlarga erişayotgan ustoz-murabbiylar.
9. “Yilning eng tajribali tibbiyotçi ayoli”
Aholi salomatligini muhofaza qilişda mas’uliyatli va namunali faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari.
10. “Yilning eng faol ijtimoiy himoyaçisi”
Ehtiyojmand ayollar, bolalar, keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga kömak körsatayotgan aholi faollari.
11. “Yilning eng faol ekologiya faoli ayoli”
Tabiatni asraş, ekologik madaniyatni oşiriş va yaşil muhitni yaratişda taşabbuskor ayollar.
Nomzodlarning hujjatlari
Izboskan tumani Oila va xotin-qizlar bölimiga yoki mahallalardagi xotin-qizlar faoliga taqdim etilişi mumkin.
Hujjatlarni qabul qiliş 3 kun davom etadi.
