Hokim va yoshlar uchrashuvi
2026-10-15 14:35:00 / Yangiliklar

Bugun yoshlar kuni munosabati bilan Izboskan tumani hokimi va mutasaddi tashkilotlar mas’ullari ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jarayonda yoshlarning taklif va tashabbuslari, ularni qiynayotgan muammolar hamda kelgusidagi rejalari tinglandi.
Murojaatlarning har biri mutasaddilar tomonidan batafsil o‘rganilib, tegishli tashkilotlar ishtirokida ularni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
Yechimi joyida hal etish imkoniyati bo‘lgan masalalarga shu yerning o‘zida amaliy yechim topilayotgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, ularning ijrosini ta’minlash vazifasi belgilandi.








