Tayinlov
2026-08-14 07:35:00 / Yangiliklar

Izboskan tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Azizova Shohidaxon Xojiboyevna tayinlandi.
Shohidaxon Azizova 2007-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan.
U mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar Izboskan tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Azizova Shohidaxon Xojiboyevnaga mas’uliyatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyat, kuch-g‘ayrat hamda samarali mehnat tilaymiz.
Sahifa: @Izboskanpress_uz
