Inqiroz va mutolaa
2026-05-21 18:25:00 / Yangiliklar

Izboskan tumani hokimi tomonidan yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, mutolaa madaniyatini oshirish hamda hayotiy sinov va qiyinchiliklarga to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish maqsadida “Inqiroz va mutolaa” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida kitobxonlik inson tafakkurini boyitishi, turli hayotiy inqirozlarni yengib o‘tishda mutolaaning o‘rni beqiyos ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Tadbirda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan islohotlar hamda ma’naviy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi.
Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar va samimiy muloqot ruhida o‘tdi.





