Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida seminar o‘tkazildi
2026-04-17 12:05:00 / Yangiliklar

Izboskan tumanining “O‘zbekiston” massivida qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish, xususan, g‘o‘za yetishtirishda ilg‘or agrotexnologiyalarni keng joriy etish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi. Ushbu tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, Izboskan tuman hokimi, sohada faoliyat yuritayotgan mas’ul tashkilot vakillari, mutaxassislar hamda ko‘p sonli fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.
Tadbir jarayonida qishloq xo‘jaligining yana bir muhim yo‘nalishi hisoblangan ipak qurti boqish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan ipakchilikni rivojlantirish, urug‘larni sifatli parvarishlash, xonadonlarda samarali tashkil etish hamda qo‘shimcha daromad manbai sifatida kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.






