Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova xizmat safari bilan Izboskan tumaniga tashrif buyurdi.
2026-01-22 20:05:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova xizmat safari bilan Izboskan tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Bosh vazir o‘rinbosari tumanda joylashgan “Chuvama” muruvvat uyida bo‘lib, u yerda istiqomat qilayotgan ayollar holidan xabar oldi. Ular bilan samimiy muloqot olib borilib, yashash sharoiti, sog‘ligi va kundalik ehtiyojlari bilan qiziqildi. Shuningdek, muassasada yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan tibbiy va ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.
Uchrashuv davomida ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifatini yaxshilash, ijtimoiy himoyani yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berildi.









