Markaz mahallasida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi
2026-01-21 18:15:00 / Yangiliklar

Bugun Markaz mahallasida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda uyushmagan yoshlar hamda ularning vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, OTM shartnoma to‘lovlarini to‘lashda ko‘maklashish, haydovchilik guvohnomasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish, ishga joylashish hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha murojaat va takliflar bildirildi.
Bildirilgan murojaatlarning har biri individual tartibda tinglanib, aksariyat masalalar joyida hal etildi. O‘rganish va qo‘shimcha muddat talab etgan masalalar esa nazoratga olinib, belgilangan tartibda ijroga yo‘naltirildi.









