“YASHIL MAKON” — KELAJAK UCHUN YASHIL QADAM!
2026-11-13 10:15:00 / Yangiliklar

🌳 “YASHIL MAKON” — KELAJAK UCHUN YASHIL QADAM!
Ishtixon tumanida atrof-muhitni obodonlashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil hududlarni kengaytirish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbirlari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarda tuman hokimi Fazliddin Ruziyev, sektor rahbarlari, shuningdek, tumandagi barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda xodimlari faol ishtirok etib, belgilangan hududlarga turli manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekdilar.
Ushbu ezgu tashabbus nafaqat tumanimizning yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga, balki ekologik muhitni yaxshilash, havoning musaffoligini ta’minlash hamda kelajak avlod uchun sog‘lom yashil makon yaratishga xizmat qiladi.
Zero, bugun ekilgan har bir nihol — ertangi kunimizga qo‘shilgan bebaho hissadir!
🌱 Yashil makon — yashil kelajak sari!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
