ISHTIXONDA SAMARQAND VA XITOY O‘RTASIDA KASBIY TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-11-16 09:25:00 / Yangiliklar

➡️ ISHTIXONDA SAMARQAND VA XITOY O‘RTASIDA KASBIY TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Ishtixon tumanida joylashgan Samarqand xalqaro kollejida Xitoy Xalq Respublikasining ta’lim sohasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mehmonlarni tuman hokimi Fazliddin Ruziyev hamda tuman prokurori Akmal Eshmuradov kutib oldi.
Uchrashuvda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik platformasi va Chongqing shahri ta’lim muassasalari vakillari — Hu Bin, Mao Delin, Yin Chaohua, Zhang Yuezhi hamda Jiang Wei ishtirok etdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar asosida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, avtomobilsozlik, elektromobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, sun’iy intellekt, robototexnika va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, zamonaviy o‘quv laboratoriyalarini tashkil etish, pedagoglar malakasini oshirish hamda xitoylik mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qilish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Shuningdek, Samarqand xalqaro kollejini O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi kasbiy ta’lim hamkorligining tayanch muassasalaridan biriga aylantirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
