ISHTIXON TUMANIDA MINI-TEXNOLOGIYALAR YARMARKASI O‘TKAZILDI
2026-11-12 09:30:00 / Yangiliklar

📌 ISHTIXON TUMANIDA MINI-TEXNOLOGIYALAR YARMARKASI O‘TKAZILDI
Ishtixon tumanidagi 2-son texnikumida Xalq banki tashabbusi hamda tuman hokimligi hamkorligida mini-texnologiyalar yarmarkasi o‘tkazildi.
🎯 Yarmarkadan asosiy maqsad — yoshlar va aholini tadbirkorlikka jalb etish, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy mini-texnologiyalar asosida daromadli faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini kengaytirish hamda doimiy daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashishdan iborat.
🤝 Tadbirda mahallalardagi ishsiz va ish izlayotgan yoshlar ishtirok etib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mavjud imkoniyatlar, mini-texnologiyalar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot olishdi.
Tadbirda Ishtixon tumani hokimligi, Xalq banki viloyat boshqarmasi rahbariyati vakili, tegishli tashkilotlar mutaxassislari hamda ish beruvchi va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
