ISHTIXONDA DAVLAT TILI BAYRAMI KENG NISHONLANDI!!
2026-10-21 10:20:00 / Yangiliklar
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

🇺🇿ISHTIXONDA DAVLAT TILI BAYRAMI KENG NISHONLANDI!!
Ishtixon tumani 35-umumta'lim maktabi faollar zalida
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda korxona va tashkilotlar hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ona tilimizning milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimizdagi o‘rni e’tirof etildi. Shuningdek, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari o‘zbek tilini o‘rgatish, yosh avlodning tilga bo‘lgan hurmatini oshirish hamda milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qo‘shayotgan hissasi uchun munosib taqdirlanib, ularga tuman hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
🇺🇿 Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va bebaho ma’naviy boyligimiz!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
