ISHTIXON TUMANIDA “UMUMMILLIY DIKTANT” TADBIRI O‘TKAZILDI.
2026-10-15 10:00:00 / Yangiliklar

🇺🇿 ISHTIXON TUMANIDA “UMUMMILLIY DIKTANT” TADBIRI O‘TKAZILDI.
📝 Ishtixon tumanida davlat tiliga hurmatni kuchaytirish, aholining yozma savodxonligini oshirish hamda imlo qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Umummilliy diktant” tadbiri tashkil etildi.
Unda korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirok etib, o‘zlarining imlo savodxonligini sinovdan o‘tkazdilar.
📚 Tadbir davomida davlat tiliga oid qonunchilik talablari, rasmiy ish yuritishda o‘zbek tilidan to‘g‘ri foydalanish va nutq madaniyatini oshirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🏆 Diktantni xatosiz yozgan hamda husnixati bilan ajralib turgan ishtirokchilar rag‘batlantirildi.
🇺🇿 Ona tiliga ehtirom — millatga ehtirom!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
