🇺🇿 O‘zbek tili — milliy o‘zligimizning mustahkam timsoli.
2026-10-03 16:00:00 / Yangiliklar

🇺🇿 O‘zbek tili — milliy o‘zligimizning mustahkam timsoli.
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Ishtixon tumanida ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni keng targ‘ib etishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Bayram munosabati bilan tuman hududidagi markaziy ko‘chalar, aholi gavjum maskanlar va yo‘l bo‘ylariga o‘zbek tilining jozibasi, milliy qadriyatlarimiz va tilimizga bo‘lgan ehtiromni aks ettiruvchi targ‘ibot materiallari joylashtirildi.
Zero, til — millatning ma’naviy qiyofasi, tarixiy xotirasi va bebaho boyligidir. Uni asrash, rivojlantirish va kelajak avlodga boyitilgan holda yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir.
🌿 Ona tilimiz — milliy g‘ururimiz va o‘zligimiz timsoli!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
