1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni
2026-10-01 08:00:00 / Yangiliklar

#BAYRAM_TABRIGI
Qadrli o‘qituvchi va murabbiylar, aziz ustozlar!
Sizlarni 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!
Yosh avlodga puxta bilim va tarbiya berish, ularni Vatanga sadoqatli, bilimli va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishdek sharafli va mas’uliyatli vazifani fidoyilik bilan ado etib kelayotganingiz tahsinga loyiq.
Sizlarning zahmatli mehnatingiz, boy bilim va tajribangiz, ezgu sa’y-harakatlaringiz yurtimiz kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat hamda sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!
Fazliddin RUZIYEV,
Ishtixon tumani hokimi
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
