Ishtixon tumanidagi “Quljamon” aholi punkti nomi o‘zgartirildi
2026-09-27 12:00:00 / Yangiliklar

Ishtixon tumanidagi “Quljamon” aholi punkti nomi o‘zgartirildi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida Ishtixon tumanidagi “Quljamon” aholi punktining nomini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Qarorga muvofiq, aholi punktining yangi nomi — “Gulobod” deb belgilandi.
Qaror “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari, viloyat komissiyasi xulosasi hamda Kadastr agentligining ekspertiza xulosasi asosida qabul qilindi.
Yangi nom davlat reyestri, rasmiy hujjatlar va statistik hisobotlarga kiritiladi. Shuningdek, ish yuritish hujjatlari, yo‘l belgilarida tegishli o‘zgartirishlar amalga oshiriladi.
Mazkur qaror aholi punkti nomini qonunchilik talablari asosida tartibga solish va davlat axborot resurslarida yagona nomlanishni ta’minlashga qaratilgan.
✅@Zarnews_uz
