"Siz nima deysiz?"
2026-09-18 10:20:00 / Yangiliklar
MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH — AMALIY ISHLAR IZCHIL DAVOM ETMOQDA

MAHALLALARNI KAMBAG‘ALLIKDAN XOLI HUDUDGA AYLANTIRISH — AMALIY ISHLAR IZCHIL DAVOM ETMOQDA
Bugun Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherbek Buronov hamda Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev tumandagi mahallalarni kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan joylarda tanishdi.
Jarayon davomida Qoraqishloq va Ko‘tarma mahallalarida yangi ish o‘rinlari yaratilgan, turli yo‘nalishlarda amaliy yordam ko‘rsatilgan fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda fuqarolarning bugungi faoliyati, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi, daromad manbaini yanada kengaytirish hamda mavjud muammolarini bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, har bir xonadonning daromadini oshirish, ishsiz fuqarolarni doimiy bandlikka yo‘naltirish va aholi farovonligini yuksaltirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
