Mahallada obodlik
2026-09-22 10:20:00 / Yangiliklar

Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar, obodonlashtirish va infratuzilma ishlarini yoritib borish
Bugun Ishtixon tumani sektor rahbarlari tomonidan Qirqyigit mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida mahalladagi ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularni doimiy ish bilan ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Xususan, mahallada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari o‘rganilib, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirkorlar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlariga mahalla aholisini jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Qirqyigit mahallasida aholining asosiy daromad manbalaridan biri sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Ayniqsa, mahallada qurut tayyorlash an’anaviy va daromadli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu bois ushbu yo‘nalishni yanada rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, sifatini yaxshilash va tayyor mahsulotlarni sotish bozorlarini kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Mahalladagi mavjud salohiyatdan samarali foydalangan holda yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda xonadonlarning daromadini oshirish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
🤝 Asosiy maqsad — har bir xonadonga daromad manbai yaratish va Qirqyigit mahallasini kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
