Muhokama
2026-09-16 09:40:00 / Yangiliklar
4-SEKTOR HUDUDIDAGI MAHALLALARDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHOKAMA O‘TKAZILDI

🇺🇿 4-SEKTOR HUDUDIDAGI MAHALLALARDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHOKAMA O‘TKAZILDI
Ishtixon tumanida 4-sektor hududidagi mahallalarni kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish, aholi bandligini ta’minlash va oilalarning daromad manbalarini oshirish masalalari yuzasidan muhokama o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi va tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishtirok etib, mahalla yettiligi bilan birgalikda hududlardagi mavjud holatni tahlil qildi.
Muhokama davomida kambag‘allik ro‘yxatidagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan aholiga amaliy ko‘mak berish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, har bir mahallada kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini xonadonbay o‘rganish va har bir oila uchun aniq chora-tadbirlarni belgilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
