SHTIXONDA ZAMONAVIY PIYODALAR YO‘L O‘TKAZGICHI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
2026-09-09 09:45:00 / Yangiliklar

#Bugun
🚧 ISHTIXONDA ZAMONAVIY PIYODALAR YO‘L O‘TKAZGICHI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QO‘YILDI
Bugun Ishtixon tumani markazida aholi va mehmonlar uchun yanada qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida yangi, zamonaviy piyodalar yo‘l o‘tkazgichi qurilishiga ramziy ma’noda tamal toshi qo‘yildi.
Mazkur loyiha tuman markazida piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda zamonaviy shahar infratuzilmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🏗 Qurilish-montaj ishlari davomida fuqarolar va transport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman markazidagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi.
❗️Fuqarolardan qurilish ishlari olib borilayotgan hududda ehtiyotkorlik choralariga amal qilish, vaqtinchalik yo‘l cheklovlariga rioya etish va zaruratsiz qurilish hududiga yaqinlashmaslik so‘raladi.
🔹 Vaqtinchalik noqulayliklar evaziga barpo etilayotgan mazkur inshoot kelgusida Ishtixon tumani markazida piyodalar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy harakatlanish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.
🤝 Tuman markazini yanada obod va zamonaviy qiyofaga keltirish, aholi uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘lidagi bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
