RAHBARLAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI — OCHIQ MULOQOT VA MUHIM TAKLIFLAR
2026-09-10 10:05:00 / Yangiliklar
#Yoshlar

#Yoshlar
🇺🇿 RAHBARLAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI — OCHIQ MULOQOT VA MUHIM TAKLIFLAR
Bugun Ishtixon tumani 2-son texnikumida rahbarlar va yoshlar ishtirokida ochiq muloqot shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman IIB boshlig‘i hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan savol, taklif va murojaatlarini bildirdilar. Mas’ullar tomonidan bildirilgan takliflarni o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
🤝 Yoshlar bilan ochiq muloqot — ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va kelajakdagi maqsadlarini ro‘yobga chiqarishning muhim omilidir.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
