ISHTIXON OSHXONALARI TAOMNOMASI (MENYU) QAYSI TILDA?
2026-09-08 09:45:00 / Yangiliklar

ISHTIXON OSHXONALARI TAOMNOMASI (MENYU) QAYSI TILDA?
Oshxonaga kirganingizda sizga taqdim etilayotgan taomnoma (menyu) milliy g‘ururimiz va davlatimiz ramzi bo‘lgan o‘zbek tilida ekanligiga e’tibor berganmisiz?
🇺🇿 Ishtixon tumanida Vazirlar Mahkamasining maxsus topshirig‘i (78-son bayon) ijrosini ta’minlash maqsadida, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida "Davlat tili haqida"gi Qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan keng qamrovli o‘rganishlar boshlandi.
—Taomnoma (menyu) faqat chet tillarida emas, birinchi navbatda davlat tilida mukammal rasmiylashtirilgan bo‘lishi;
—Taom va ichimliklar nomlarining adabiy til me’yorlari hamda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida xatosiz yozilishi;
—Oshxona ichidagi barcha vizual ma’lumotlar va e’lonlarning o‘zbek tilida tushunarli ifodalanishi.
Tavsiya va ogohlantirish:
Mazali taom tayyorlash qanchalik muhim bo‘lsa, uning nomini o‘z ona tilimizda chiroyli qilib yozish ham milliy madaniyatimiz va qonun oldidagi majburiyatimizdir!
Ishtixon tumanidagi barcha tadbirkorlarni davlat tiliga hurmat bilan yondashishga chaqiramiz.
Ishtixon tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari-davlat tili bo‘yicha maslahatchi O.Tojixonov
