MUSTAQILLIK — SPORT VA YOSHLAR BILAN!
2026-08-25 11:35:00 / Yangiliklar

🇺🇿 MUSTAQILLIK — SPORT VA YOSHLAR BILAN! 🏆🤸♀️
Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tumanimizda zamonaviy talablarga javob beradigan yangi gimnastika zali foydalanishga topshirildi.
🎉 Tantanali tadbirda O‘zbekiston faxri, 8 karra Olimpiada ishtirokchisi va sovrindori, 3 karra jahon chempioni, nufuzli xalqaro musobaqalar g‘olibi Oksana Chusovitina ishtirok etib, yosh sportchilarga katta motivatsiya va ilhom ulashdi.
Tadbirda tuman hokimi, nuroniylar, sportchilar, yoshlar, murabbiylar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
🤸♀️ Yangi sport majmuasining foydalanishga topshirilishi tumanimizda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
🇺🇿 Mustaqillik — bunyodkorlik, taraqqiyot va yangi imkoniyatlar timsoli!
🏆 Yangi gimnastika zali kelajak chempionlari uchun ezgu qadam bo‘lsin!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMAT
