ISHTIXONLIK TADBIRKOR “SHUHRAT” MEDALI BILAN TAQDIRLANDI
2026-08-18 17:20:00 / Yangiliklar

🇺🇿 ISHTIXONLIK TADBIRKOR “SHUHRAT” MEDALI BILAN TAQDIRLANDI
Avval xabar berganimizdek “20-avgust — Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan mamlakatimizda tadbirkorlik sohasida samarali faoliyat yuritib, yurtimiz iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh tadbirkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan tadbirkorlarga davlat mukofotlarini topshirdi.
Quvonarlisi, ushbu yuksak e’tirof Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida faoliyat yuritayotgan “Samarkand stone trade corporation” MChJ ta’sischisi Pan Yevgeniyaga ham nasib etdi.
U tadbirkorlik sohasidagi samarali mehnati, hudud iqtisodiyoti rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
🏅 Ushbu mukofot — tadbirkorning ko‘p yillik mehnati, tashabbuskorligi va Vatan taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissining yuksak e’tirofidir.
👏 Ishtixon tumani hokimligi Pan Yevgeniyani ushbu munosib mukofot bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
#TadbirkorlarKuni #ShuhratMedali #Ishtixon #Samarqand #Tadbirkorlik #DavlatMukofoti
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
