YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
2026-07-23 09:45:00 / Yangiliklar

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
Haftaning har payshanba kuni mamlakatimizda “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida bugun viloyat DXX rahbari hamda Ishtixon tumani hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bandlik, ta’lim, tadbirkorlikni rivojlantirish, uy-joy, sport va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan ko‘tarilgan murojaatlar atroflicha tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida o‘rganilib, tegishli mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning taklif va muammolarini bevosita eshitish, ularga amaliy yechim topish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
