Qadrli Ishtixonliklar, aziz yurtdoshlar!
2026-05-27 06:45:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Qadrli Ishtixonliklar, aziz yurtdoshlar!
Sizlarni butun musulmon olami uchun ulug‘ va qadrli bayram — Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Qurbon hayiti mehr-oqibat, saxovat, shukronalik va insoniy qadriyatlarni ulug‘laydigan, qalblarni ezgulikka chorlaydigan muborak ayyomdir. Ushbu fayzli kunlarda yoshi ulug‘larga ehtirom ko‘rsatish, ehtiyojmand insonlar holidan xabar olish, yaqinlarimizga mehr va e’tibor ulashish kabi ezgu fazilatlar yanada yuksak ma’no kasb etadi.
Bugun yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, xalqimizning ahilligi hamda hamjihatligi barchamiz uchun eng katta boylikdir. Ana shunday qutlug‘ kunlarda har bir xonadonga quvonch, fayzu baraka, qalblarga esa xotirjamlik va shodlik kirib borsin.
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka va dasturxonlaringizga to‘kinlik tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Ishtixon tuman hokimi
Fazliddin Ruziyev.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
