Ishtixonlik yosh baxshi xalqaro sahnada yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi
2026-06-16 09:25:00 / Yangiliklar

Ishtixon tumanidagi 21-son Bolalar musiqa va san’at maktabida tahsil olayotgan iqtidorli yosh baxshi Abdumo‘minov Baxtiyor o‘zining navbatdagi muhim yutug‘i bilan tuman ahlini quvontirdi.
2026-yil 14-iyun kuni MY5 telekanali orqali o‘tkazilgan “Gold Talents” xalqaro ko‘rik-tanlovining super final bosqichida munosib ishtirok etgan yosh ijodkor faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Ushbu muvaffaqiyat yosh iste’dod egasining tinmay izlanishi, milliy san’atga bo‘lgan mehri va ustozlarining mashaqqatli mehnati samarasi sifatida e’tirof etiladi.
Milliy qadriyatlarimiz va baxshichilik san’atini munosib davom ettirayotgan Baxtiyorning bu yutug‘i nafaqat ta’lim muassasasi, balki butun Ishtixon tumani uchun ham g‘urur va iftixor manbai bo‘ldi.
Abdumo‘minov Baxtiyorni erishgan ushbu munosib natijasi bilan samimiy muborakbod etamiz. Uning ustozlariga minnatdorlik bildiramiz hamda yosh ijodkorga kelgusi faoliyatida yangi marralar, ulkan zafarlar va yanada yuksak cho‘qqilarni tilaymiz.
Ishtixonda iste’dodlar kamol topmoqda, yoshlar esa milliy san’atimizning munosib davomchilari sifatida yuksalib bormoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
