Ishtixonda sport rivoji yo‘lida muhim tashrif
2026-05-20 10:00:00 / Yangiliklar

#Sport
Ishtixonda sport rivoji yo‘lida muhim tashrif
Bugun Ishtixon tumaniga Adham Ikramov — O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri, Otabek Umarov — O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari hamda bir qator vazirlik va idoralar mas’ullari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar tumanda sport sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda yosh sportchilarning yutuqlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, sportchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Uchrashuvda yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yuqori natijalarga erishish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bu kabi tashriflar tumanda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida sport ommaviyligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

