Payshanba — yoshlar kuni
2026-05-21 11:20:00 / Yangiliklar

🇺🇿 Payshanba — yoshlar kuni
Samarqand viloyati Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyati Ishtixon tumaniga tashrifi davomida tumandagi “Beshkapa” MFYda joylashgan 90-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda yangi qurilgan mini futbol maydonchasini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.
Shuningdek, mahalla yoshlari bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Yoshlarga sport, ilm-fan va innovatsion texnologiyalar yo‘nalishida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Yangi foydalanishga topshirilgan mini futbol maydonchasi yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
