Ishtixonda tibbiyot sohasida ochiq muloqot
2026-02-27 15:15:00 / Yangiliklar
#Press_tur

#Press_tur
Ishtixonda tibbiyot sohasida ochiq muloqot
Ayni damda Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar ishtirokida press-tur bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ommaviy axborot vositalari vakillarini yaqindan tanishtirishdan iborat.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
