XUSHXABAR!
2026-03-02 14:50:00 / Yangiliklar

#Sport_boks
XUSHXABAR!
🥇 Oltin medal – yana bir zafar!
🥊”Strandja” turniri doirasida Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilgan nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan ishtixonlik boks malikasi yana bir bor g‘alaba shohsupasiga ko‘tarildi.
🥊Ishtixon tuman sport maktabi tarbiyalanuvchisi hamda “Samarqand ayeroporti” chegara bojxona posti xodimi Nigina O‘ktamova 57 kg vazn toifasida final bahsida irlandiyalik tajribali bokschi Mixayela Valshga qarshi ringga chiqdi.
🥇Musobaqa davomida raqibalariga hech qanday imkoniyat qoldirmagan vakilamiz hal qiluvchi jangda ham o‘z ustunligini namoyon etib, 3:2 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, ishtixonlik boks malikasi xalqaro maydonda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, nufuzli turnirning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
🎖Ishtixon tumani hokimligi jamoasi nomidan Nigina O‘ktamovani ushbu yuksak yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Uning keyingi faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
#Sport #Boks #Chempion #Ishtixon2026
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
