O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan Ishtixon tumanida ham yoshlar bilan ishlashga qaratilgan mazmunli tadbirlar tashkil etilmoqda.
2026-03-04 14:45:00 / Yangiliklar

🇺🇿 PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan Ishtixon tumanida ham yoshlar bilan ishlashga qaratilgan mazmunli tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, bugun tumanimizda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Unda Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev hamda tuman IIB boshlig‘i Bekzod Rustamov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif va muammolarini tingladi.
Uchrashuv davomida yoshlarga mamlakatimizda davlat rahbari tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar, ta’lim olish, kasb-hunar egallash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha mavjud dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham fikr almashildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotiga faol jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
