Ishtixonimiz qizi – yurtimiz iftixori!
2026-03-08 10:30:00 / Yangiliklar

#Mukofot_iftixor
Ishtixonimiz qizi – yurtimiz iftixori!
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti amaliy psixologiya kafedrasi assistenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ishtixon tuman farzandi Tohirova Mohigul Umir qizi nufuzli Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. (https://president.uz/oz/lists/view/8986)
✨Ishtixon zaminida voyaga yetgan, bilim va salohiyati bilan yurtimiz yoshlariga ibrat bo‘layotgan Mohigul Tohirova bugungi kunda universitetning amaliy psixologiya kafedrasida faoliyat yuritib, ilmiy izlanishlari va jamoat ishlaridagi tashabbuslari bilan ajralib turadi. U shuningdek “Inklyuziv media klubi” raisi sifatida ham faol ish olib borib, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
🇺🇿Bunday yuksak e’tirof nafaqat ilm-fan sohasidagi yutuqlar, balki yurt kelajagi uchun fidoyilik bilan xizmat qilayotgan yosh avlod vakillariga bo‘lgan ishonchning yorqin ifodasidir.
🌸Ishtixon tumani jamoatchiligi nomidan Tohirova Mohigul Umir qizini ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz.
💎Ishtixonimiz qizi – yurtimiz iftixori!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMAT
