Ishtixon qizi – Zulfiya mukofoti sohibasi xonadonida qutlandi
2026-03-09 13:25:00 / Yangiliklar
#Ehtirom

#Ehtirom
Ishtixon qizi – Zulfiya mukofoti sohibasi xonadonida qutlandi
Bugun Ishtixon tumani hokimi Fazliddin Ruziyev hamda hokimning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Feruza Chinorova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, tumanimiz farzandi Tohirova Mohigul Umir qizi xonadoniga borishdi.
Unda yurtimiz ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Mohigul Tohirovaga samimiy tabriklar yo‘llanib, uning yutuqlari Ishtixon yoshlari uchun ibrat ekani ta’kidlandi.
Uchrashuvda yosh olimaga kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilanib, ota-onasiga ham shunday farzandni voyaga yetkazgani uchun minnatdorlik bildirildi.
Ishtixonimiz qizi – yurtimiz faxri!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
