Ishtixonda noqonuniy qurilmalar buzdirildi
2026-02-19 16:35:00 / Yangiliklar

Ishtixonda noqonuniy qurilmalar buzdirildi
Majburiy ijro byurosi Ishtixon tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro ishi doirasida sud hujjatining ijrosi to‘liq ta’minlandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining 2025 yil 14 avgustdagi hal qiluv qaroriga muvofiq, qarzdor M.A.ning noqonuniy egaligida bo‘lgan Ishtixon tumani, E. Qoraboyev massivi hududida joylashgan, Ishtixon Davlat o‘rmon xo‘jaligi hisobidagi 7950-raqamli konturdagi o‘tloq va yaylov yer maydonida qurilgan noqonuniy inshootlarni qarzdor hisobidan majburiy tartibda buzdirish belgilangan edi.
Mazkur ijro ishi bo‘yicha tegishli ogohlantirishlar berilgan hamda ixtiyoriy ijro muddatida talablar bajarilmagani sababli majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.
2026 yil 16 fevral kuni ijro harakatlari yakuniga yetkazilib, sud hujjati to‘liq ijro etildi. Natijada noqonuniy qurilmalar buzdirilib, yer maydoni qonuniy egasi ixtiyoriga qaytarildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz (https://ishtixon.uz/) |Telegram (https://t.me/ishtixontumanhokimligi) |Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qr) |Facebook (http://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi)
